Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Yangi  asarlar dunyosi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy  yilning 19-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona  markazida “Yangi  asarlar dunyosi” mavzusida yangi kelgan adabiyotlardan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Bunda,  Axborot-kutubxona  markazi Abonenment va   foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi J.Urazalieva tomonidan kutubxonaning doimiy kitobxonlariga kitoblar ko‘rgazmasidagi yangi kelgan asarlar, yangi adabiyotlar tanishtirilib o‘tildi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar va keng jamoatchilikni badiiy hamda ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iboratdir. Ko‘rgazmada turli yo‘nalishdagi kitoblar — badiiy asarlar, tarixiy manbalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar hamda mashhur adib va mutafakkirlar ijodi jamlangan. Ushbu kitoblar inson tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi va ma’naviy kamolotga yetaklaydi.