Joriy yilning 6-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli maktabida “Kitobxonlar klubi” a’zolari bilan birgalikda “Asar muallifini toping” mavzusida qiziqarli va interaktiv so‘z o‘yini o‘tkazildi. O‘yiniga 1-sonli maktab kutubxonachisi R.Qutlimuratova, ona tili fani o’qituvchisi D.Qoshjanova va “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirok etishdi.
Bu o‘yindan maqsad kitobxonlarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mashhur yozuvchi va shoirlarning ijodi bilan tanishtirish hamda ularning bilim doirasini kengaytirishdan iborat bo‘ldi. So‘z o‘yini davomida ishtirokchilarga turli kitoblardan parchalar, mashhur asarlar nomlari rasm yordamida taqdim etildi. Kitobxonlar ushbu ma’lumotlar asosida asar muallifini topishga harakat qildilar. Har bir to‘g‘ri javob uchun ishtirokchilarga rag‘batlantiruvchi ballar berildi.
Tadbir jarayonida kitobxonlar o‘z bilim va tafakkurlarini namoyon etib, adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlashdi. Faol qatnashgan kitobxonlar alohida e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur so‘z o‘yini kitobxonlar uchun nafaqat bilim sinovi, balki maroqli va foydali hordiq bo‘lib xizmat qiladi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы