Joriy yilning 7-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi J.Urazalieva tomonidan “Ajdodlarga ehtirom-avlodlarga ibrat” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 6-sonli maktab kutubxonachisi J.Dosimbetova va kitobxonlar ishtirok etishdi.
Suhbatda J.Urazalieva Istiqlol yillarida milliy qadriyatlarni tiklash, tariximizni xolis va haqqoniy o‘rganish, aziz siymolar xotirasini e’zozlash, madaniyatimiz va san’atimiz rivojiga hissa qo‘shgan ijodkorlar faoliyati, ularning boy ma’naviy merosini tadqiq etish, targ’ib va tashviq qilish, tarixiy adolatni qaror toptirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, ma’lumki, 1937–1953 yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatag’on siyosatining qurboni bo‘lganligi, ular orasida atoqli davlat va siyosat arboblari, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, diniy ulamolar, harbiy soha va sud-huquq tizimi xodimlari, ishchi-dehqonlar va ularning oila a’zolari bo‘lganligi jumladan, 2021–2024 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag’on qurbonlarining nomlari oqlanganini alohida qayd etish lozimligi haqida aytib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы